Oʻzbekistondagi ikkita shakar zavodi faoliyatini toʻxtatgani yuzasidan RASMIY IZOH
Kuni kecha OʻzAda “Angren shakar” MCHJ va “Xorazm-shakar” MCHJ korxonalari ish faoliyatini toʻxtatgani haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha OʻzAda “Angren shakar” MCHJ va “Xorazm-shakar” MCHJ korxonalari ish faoliyatini toʻxtatgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu xabarga “Angren shakar” MCHJ Bosh direktori Rustam Akbarxodjayev va “Xorazm-shakar” MCHJ Bosh direktori Umidjon Komilovlar oʻz munosabatini bildirishdi:
Oʻzbekistondagi mavjud ikkita shakar zavodi xom-ashyo tugaganligi munosabati bilan ishlab chiqarishni vaqtinchaga toʻxtatgan edi. Hozircha ushbu vaziyatdan foydalangan holda zavoddagi barcha uskunalarda profilaktik tozalash ishlari olib borilmoqda.
Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazgan holda xom-ashyo muammosi ham bartaraf etilmoqda. Yaqin kunlarda ikkita zavodda ishlab chiqarish toʻliq quvvat bilan boshlab yuboriladi.