Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan oʻtkazilmoqda
13:59 / 2020-05-31

Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” oʻziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi.


Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor gʻoyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” oʻziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi.

photo_2020-05-31_13-55-22.jpg

photo_2020-05-31_13-55-37.jpg

photo_2020-05-31_13-55-39.jpg

photo_2020-05-31_13-55-42.jpg

photo_2020-05-31_13-55-44.jpg

Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi koʻrsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari oʻrganilmoqda.

Shuningdek, “Boʻron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va “Ural” texnikasiga oʻrnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali oʻziyurar artilleriya toʻp-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan oʻtkazilmoqda.