Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistondagi “Coca-Cola”ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qoʻyildi
08:37 / 2020-08-08

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” MCHJni auksion asosida xususiylashtirish ishlari boshlangan.


Oʻzbekistondagi eng yirik yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulush “Oʻzbekozikovkatxolding” kompaniyasiga, 42,882 foizi esa “The Coca-Cola Export Corporation” (AQSH) kompaniyasiga tegishli.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” MCHJni auksion asosida xususiylashtirish ishlari boshlangan boʻlib, ommaviy savdoga nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalari ham jalb etilmoqda.

Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlarimiz uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlar qonun bilan himoyalanilyapti.


Ana shu qulayliklar asnosida mahalliy tadbirkorlarimiz ham “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” MCHJning davlat ulushini sotib olishga daʼvogarlik qilishsa, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta hissa qoʻshgan boʻlar edi.