Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda yana bir orden taʼsis etildi
10:57 / 2020-06-10

“Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.


“Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etildi va orden toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari mukofotlanadi.

Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 40 baravari (8 mln 920 ming soʻm) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.