Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda yana 9 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
20:07 / 2020-05-27

Endilikda Toshkent shahrida sogʻayganlar 980 nafarga yetdi.


Ayni soatlarda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastdargʻom va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) boʻlib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda 254 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sogʻayganlar 980 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 32 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2668 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi