Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirish endi elektron yuritiladi
16:19 / 2018-12-03

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida majburiy roʻyxatdan oʻtkaziladi


Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida majburiy roʻyxatdan oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Nizomga koʻra, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Masʼul xodim Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi hamda unga login va parol beriladi.

Tekshiruv oʻtkazishni kelishish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga maʼlumotlar kiritiladi. Kelishish uchun buyurtma uch ish kuni ichida, favqulodda holatlar boʻyicha bir ish kunida koʻrib chiqiladi.

Tekshiruv oʻtkazishni kelishish haqida qaror qabul qilinganda “Ruxsat berilsin” maqomi, rad etilganda uning aniq sababi koʻrsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.

Qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi hamda tadbirkorga qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiruv yakunlangandan soʻng uch ish kuni ichida Yagona tizimga kiritilishi shart, bank siriga oid maʼlumotlar tizimga kiritilmaydi.

Xabardor etish tartibida tekshiruv oʻtkazilganda uning toʻgʻriligi tekshirilmasdan, avtomatik ravishda maxsus raqam (kod) generatsiya qilinadi.

Nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi Yagona tizimga kiritilgandan soʻng tekshiruv oʻtkaziladi.

Tadbirkor oʻz soʻroviga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) koʻrinishida va Internet tarmogʻi orqali olishi mumkin.