Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi davom etadi
15:42 / 2020-06-17

Shu bois, pandemiya sharoitiga qaramasdan loyihalarni davom ettirishga qaror qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev Shveysariya Konfederatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav tomonidan Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasining 2-bosqichi toʻgʻrisida ikki tomonlama bitim imzolandi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda tashkil etilgan tadbirda sohadagi ikki tomonlama doʻstona hamkorlik soʻnggi yillarda yana-da mustahkamlanayotgani, bu esa navbatdagi loyihani amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. 

Oʻz navbatida Shveysariya Konfederatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav suv va suv resurslarini oqilona boshqarish har ikki tomon uchun ham doim muhim masala boʻlib kelganini eʼtirof etdi. Shu bois, pandemiya sharoitiga qaramasdan loyihalarni davom ettirishga qaror qilindi.

photo_2020-06-17_16-06-08.jpg

“Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi”ning 2-bosqichi Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligining “Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish hududiy dasturi” doirasidagi faoliyatining mantiqiy davomidir. Unda mamlakatimizdagi suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish orqali qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilashga erishiladi. Umumiy byudjeti 4,6 million Shveysariya frankiga teng ushbu loyihani 2020-2023-yillarda amalga oshirish moʻljallangan.

Uning doirasida respublikamizdagi 13 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va 152 ta tuman irrigatsiya boʻlimida suvdan samarali foydalanish va suv resurslarini barqaror boshqarishni rejalashtirish uchun dasturiy taʼminot majmui ishlab chiqiladi. Shuningdek, sugʻorish-drenaj tarmoqlarini AKT asosida monitoring qilish tizimini yaratish ham koʻzda tutilgan.

Kelgusida qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini boshqarishga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hamda fermerlarning suv tejovchi texnologiyalar haqidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.