Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda “Skolkovo” bilan hamkorlikda ilk startap-tur oʻtkazilishi mumkin
16:50 / 2020-05-28

Tomonlar koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda vaziyat yomonlashishining oldini olish maqsadida “Startap-tur” tanlovini onlayn formatda tashkil etishga kelishib oldi.


Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev va Rossiya Federatsiyasining “Skolkovo” jamgʻarmasi mintaqaviy rivojlanish va MDH aloqalari boʻyicha vitse-prezidenti Aleksey Okunev oʻrtasida videokonferensiya shaklida oʻtkazilgan muloqotda ushbu masala muhokama qilindi.

Tadbirda joriy yil sentyabr oyida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan “Startap-tur” tanlovi tashkiliy qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida masʼul xodimlarning hisoboti tinglandi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilayotgan cheklovlarni hisobga olgan holda, tanlovni onlayn formatda oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi. “Skolkovo” jamgʻarmasi vakillari mazkur tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish lozimligini alohida qayd etdi.

Tomonlar koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda vaziyat yomonlashishining oldini olish maqsadida “Startap-tur” tanlovini onlayn formatda tashkil etishga kelishib oldi.