French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasidagi ishlar yuqori baholandi
17:37 / 2019-12-12

Delegatsiya a’zolari bir necha kun davomida mamlakatimizning turli hududlarida bo‘lib, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboeva 12 dekabr kuni AQSh Davlat departamenti hamda Mehnat vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Delegatsiya a’zolari bir necha kun davomida mamlakatimizning turli hududlarida bo‘lib, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishdagi keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, milliy qonunchilikni takomillashtirish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari haqida so‘z yuritildi. Xalqaro tashkilotlar, AQSh Davlat departamenti tavsiyalari asosida chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, hayotga joriy qilinayotgani ta’kidlandi.

Mehmonlarga Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, joriy etilgan milliy ma’ruzachi instituti faoliyati haqida ma’lumot berildi. Boshqaruv tizimi, odam savdosi, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tuzilgan kichik va hududiy komissiyalar ishini tashkil etishning huquqiy asoslari haqida so‘zlab berildi.

Ta’kidlanganidek, Milliy komissiya tomonidan odam savdosi qurbonlarini xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish mexanizmini belgilash, ularni qayta yo‘naltirishning milliy mexanizmini joriy etish maqsadida “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Ularda bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik normasi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatlarni tayyorlashda xalqaro tashkilotlar, shuningdek, AQSh Davlat departamentining takliflari inobatga olindi.

O‘z navbatida, AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Muloqotda AQSh delegatsiyasini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.