Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar 1775 nafarga yetdi
19:30 / 2020-05-08

Endilikda Toshkent shahrida toʻliq sogʻayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi.


Ayni soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida toʻliq sogʻayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar sogʻayishni boshlagan kundan buyon oʻtgan vaqt ichida eng yuqori koʻrsatkich qayd etildi. Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1775 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2324 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 539 nafar bemor davolanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi