English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 89 nafarga oshdi
10:00 / 2020-06-25

2020-yil 25-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 (+89) nafarni tashkil etmoqda.


2020-yil 25-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 (+89) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2286 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 14 nafari ogʻir, 5 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi