French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 283 nafarga oshdi
10:14 / 2020-07-17

2020-yil 17-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15349 (+283) nafarni tashkil etmoqda.


2020-yil 17-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15349 (+283) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 144 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Samarqand viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 6490 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 58 nafari ogʻir, 7 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi