Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 nafarga yetdi
10:20 / 2020-06-23

2020-yil 23-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 (+39) nafarni tashkil etmoqda.


2020-yil 23-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 (+39) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2031 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 4 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi