Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 nafarga yetdi
23:30 / 2020-06-17

2020-yil 17-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 (+44) nafarni tashkil etmoqda.


2020-yil 17-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 (+44) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 1532 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi