Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 nafarga yetdi
2020-yil 10-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
2020-yil 10-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.
Ayni paytda yurtimizda 3459 nafar bemor sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 1070 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 8 nafari ogʻir, 1 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi