French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda IV Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumi o‘tkaziladi
11:13 / 2020-02-03

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.


Maktabgacha ta’lim vazirligida YuNESKOning Bangkokdagi Osiyo-Tinch okeani byurosining Sifatli inklyuziv ta’lim bo‘yicha seksiya rahbari Maki Xayashikava xonim ishtirokidagi delegatsiya, YuNESKOning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Yan Xladik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish siyosatiga doir masalalar bo‘yicha IV Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Maki Xayashikava O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi maqsad va vazifalari YuNESKOning kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish siyosatiga to‘la mos kelishini e’tirof etdi.