Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quritilgan qovunga sifat talabi standarti BMT yig‘ilishida tasdiqlandi
17:36 / 2019-11-22

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan xalqaro standart BMT tomonidan tasdiqlandi


O‘zbekistonda ishlab chiqilgan xalqaro standart BMT tomonidan tasdiqlandi

BMT Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi yig‘ilishida ilk bor O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi. 

Quritilgan qovun mahsulotiga sifat talablarini belgilovchi ushbu standart “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, mahalliy korxonalar mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar ko‘magida ishlab chiqildi.

Amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan standart BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy baholandi, xalqaro maydonda, jumladan komissiya tarkibidagi AQSh, Germaniya, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Standart me’yorlari quritilgan qovun mahsulotiga qo‘yilgan asosiy sifat talablarini, yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarni, sinflanishi, tamg‘alash, qadoqlanishi bo‘yicha aniq talablarni belgilab beradi.

Quritilgan qovun standartini xalqaro kengash tomonidan qabul qilinishi mahsulot eksport geografiyasini kengaytirishga, yangi jozibador eksportbop mahsulotlar ishlab chiqishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar daromadlarini oshirishga va yangi ish joylarini yaratilishda ahamiyatlidir.