Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda innovatsion universitet tashkil qilinishi mumkin
14:20 / 2020-04-14

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Oʻzbekiston ilgʻor texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Oʻzbekiston ilgʻor texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.

Murojaatda belgilanishicha, bugungi kunda raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, biotexnologiya, ilgʻor texnik ishlanmalar va materiallar insoniyat kelajagi ekanligi hammaga maʼlum. Lekin bunday texnologiyalar sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston esa texnik tuzilmalarni asosan import qiladi. Buning uchun milliardlab dollar mablagʻ sarflanadi.

“Birgina tibbiyot sohasini olsak, oddiy gemoglobin miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan apparatlar minglab dollar turadi. Agar bularni oʻzimiz ishlab chiqarsak va eksport qilsak, byudjetga katta foyda qilamiz. Oʻn minglab ishchi oʻrinlari yaratiladi”, deyiladi petitsiyada.

Shularni hisobga olib, “Oʻzbekiston ilgʻor texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etishni, unda sunʼiy ong, maishiy texnologiyalar, avtotexnologiyalar, tibbiy texnologiyalar, harbiy texnologiyalar, robotatexnologiyalar, biotexnologiyalar, materiallar texnologiyasi va ularga dasturiy taʼminot ishlab chiquvchi fakultetlarini tashkil qilishni hamda ularga xorijdagi yetuk olimlarini jalb qilish taklif qilingan.