French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda innovatsion kardiomarkaz quriladi
12:56 / 2020-01-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosini qurish to‘g‘risida” gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosini qurish to‘g‘risida” gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi kardiologiya xizmati tizimida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, uning beshta hududiy filiallari va sakkizta kardiologik dispanserlar faoliyat yuritmoqda.

Hududlarda RIKIATM filiallarni va rentgenendovaskulyar bo‘limlarni tashkil etish oqibatida ochiq va yopiq yurakda kardiojarrohlik amaliyotlarni bajarish imkoni yaratildi. 2017-2019 yillar davomida arteriya tomirlarini koronar stentlash, multifokal ateroskleroz xastaligi bo‘lgan bemorlarning uyquv arteriyasini stentlash, yurak klapanlarini protezlash, yurak nuqsonlarini bartaraf etish va yurak ishemik xastaliklarining mukammal turlarini aortokoronar shuntlash bo‘yicha kardiojarrohlik amaliyotlar bajarildi.

Shu bilan birga, bemorlarni davolash jarayonida yuqoritexnologik innovatsion davolash usullarini qo‘llash bilan bog‘liq yechimini topmagan masalalar va jarrohlik amaliyotlarni bajarish uchun tegishli xonalar hamda yuqoritexnologik tibbiy uskuna va jihozlar yetishmasligi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosini quriladi.

2022 yil 1 yanvarga qadar, mazkur ob’ekt qurilishi bilan bog‘liq buyurtmachi, pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika va jihozlar, shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi qismlar, istisno tariqasida qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno)dan ozod etiladi.

Ob’ekt qurilishi va jihozlanishida ishlatiladigan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan hamda import qilinadigan qurilish mollari, jihozlar va butlovchi qismlar, istisno tariqasida, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning eng maqbul takliflarini saralash yo‘li bilan tender savdolarini o‘tkazmagan holda sotib olinishiga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mazkur ob’ekt qurilishi bilan bog‘liq buyurtmachi, bosh pudratchi va pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovchi qismlar maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Loyihada belgilanishicha, qaror ijrosi bilan bog‘liq buyurtmachi, bosh pudratchi va pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovchi qismlar maqsadli ishlatilmagan hollarda, mazkur qaror bilan taqdim etilgan bojxona to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda qaytarib olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi pudrat tashkilotlar tomonidan olib boriladigan qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlariga muvofiq olib borilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.