Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishning oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi
12:49 / 2020-08-05

Oʻzbek toʻqimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar.


Oʻzbek toʻqimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qoʻllash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfining oldini oladi va hozirda amalda keng qoʻllanila boshlandi.

Loyiha tashabbuskori “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qoʻshma korxonasi boʻlib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning soʻnggi “HeiQ Viroblock” innovatsion ishlanmasini oʻzlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakteriyal texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlash tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bogʻlaydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yoʻq qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yoʻq qilishga, kiyimlarni oʻz-oʻzini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilayotgan himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavjud amaliyot shuni koʻrsatdiki, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

-Havoni yaxshi oʻtkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni taʼminlab, uzoq muddatli qulay ishlashni taʼminlaydi.

-Qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7-martadan koʻproq moliyaviy tejashni taʼminlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori.

-Mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.