Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda atom energetikasini rivojlantirish uchun xalqaro tajriba muhim
11:02 / 2018-12-12

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 19 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganishda keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 19 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganishda keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga start berilishi mazkur hujjat ijrosini taʼminlashga xizmat qiladi.

“Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumining imzolanishi atom energetikasi va yadro texnologiyalari mohiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan talqin etish imkonini bermoqda.

Shunga koʻra, bugun Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya atom texnologiyalarini oʻrganish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Novovoronejga joʻnab ketdi.

Delegatsiya aʼzolarining atom energetikasi boʻyicha xalqaro tajriba oʻrganishi mamlakatimizda Rossiya texnologiyalari asosida VVER-1200 reaktorli atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish ishlarida ijobiy natija beradi. Bunda aynan Novovoronej AES-2 Oʻzbekiston tomonidan referent (oʻxshash) Rossiya texnologiyalariga asoslangan loyiha sifatida tanlangan. 

Tashrif doirasida ishtirokchilar Novovoronej AESi va atomchilar shahrida boʻlib, “3+” avlodiga mansub innovatsion energoblokning asosiy obyektlari bilan tanishishga muvaffaq boʻladi. 

Dastur boʻyicha tanishuv jarayonlari 15 dekabrga qadar davom etadi.