French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda aprel oyida 1 ming 282 nafar shaxs maʼmuriy qamoqqa olingan
14:34 / 2020-05-01

Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, bu kabi ishlar boʻyicha 2 ming 697 nafar shaxsga nisbatan 2,5 milliard soʻmga yaqin jarima jazosi tayinlangan.


Karantin qoidalarini buzganlik uchun joriy yilning aprel oyida mamlakatimiz maʼmuriy sudlari tomonidan jami 4 ming 123 nafar shaxsga nisbatan ishlar koʻrib chiqildi. Shundan 1 ming 282 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

Qolganlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish) kabi holatlarni sodir etgan.

Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, bu kabi ishlar boʻyicha 2 ming 697 nafar shaxsga nisbatan 2,5 milliard soʻmga yaqin jarima jazosi tayinlangan.

Kam ahamiyatli huquqbuzarlik sodir etgan 92 nafar shaxs javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilgan. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar boʻyicha 52 nafar shaxsga nisbatan ish tugatilgan.