Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 2019 yilda 859 nafar shaxs oqlandi
17:59 / 2020-01-15

6 ming 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.


6 ming 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.


Inson huquq va manfaatlarini himoya qilish sudlar zimmasidagi vazifa bo‘lib, bugungi kunda bu tizim tom ma’noda aynan shu maqsadda ish olib bormoqda.

Sudlarda oqlov hukmlari chiqarish ko‘paygani ham shundan dalolat beradi. Zero, yaqin o‘tmishda sudlarda chiqarilgan barcha hukm va qarorlar qoralashga qaratilgan.

2019 yilda sudlar 859 nafar shaxsni oqlagan va ular reabilitatsiya qilingan.2016 yilda bor-yo‘g‘i 6 kishi oqlangani, undan oldingi yillarda bunday holatlar deyarli kuzatilmagani faktining o‘zi ko‘p narsani anglatadi.

- Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2019 yilda 36 ming 845 nafar shaxsga nisbatan 28 ming 846 ish ko‘rib chiqildi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov. — Mazkur ko‘rsatkichlar 2018 yilga nisbatan shaxslar bo‘yicha 24,2 foizga, ishlar bo‘yicha esa 24,4 foizga kamaydi. Sudlangan shaxslar soni 27 ming 603 nafarni tashkil etib, shundan 6 ming 957 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 19 ming 278 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

Shartli hukm qilingan shaxslar 1 ming 368 nafarni tashkil etgan. Sudlangan shaxslarning 24 ming 491 nafari erkaklar, 3 ming 112 nafari ayollar, 10 ming 700 nafari yoshlar (shu jumladan, 497 nafari voyaga yetmaganlar) va 873 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar bo‘lgan. 3 ming 80 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan. 26 ming 436 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 8 mingdan ziyodiga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilib, 6 ming 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.

Jamoat tashkilotlarining kafilligi asosida jazolarni yengillashtirish amaliyotidan ham keng foydalanilmoqda.Jumladan, 270 nafar shaxsga Yoshlar Ittifoqi, 210 nafar ayolga Xotin-qizlar qo‘mitasi va 1 ming 373 nafar shaxsga mahalla fuqarolar yig‘inlarining kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

2018 yilga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, transport vositasini olib qochish, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, odam savdosi, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaygan.

Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 7 ming 329 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.Yetkazilgan 443,9 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 3 ming 187 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 13 ming 890 jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 48,2 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.


Bundan tashqari, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 ming 788 nafar shaxsga nisbatan 1 ming 486 ish ko‘rib chiqilgan. 1 ming 37 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan va 581 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan. Bu yuqori sud instansiyalarida adolatni qaror toptirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijasidir.