Oʻzbekistonda 15-avgustdan mahalliy yoʻnalishlarda poyezd va avia qatnovlar harakati tiklanadi
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ joriy yil 15-avgustdan mahalliy yoʻnalishlarda poyezdlar harakatini bosqichma-bosqich qayta tiklaydi.
Xabarda aytilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida 2 ta, Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yoʻnalishida 1 ta, shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida 2 ta yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.
Mahalliy yoʻnalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15-avgust sanasidan eʼtiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yoʻnalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.