Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Yaponiya ta’lim va fan haftaligi doirasida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
17:39 / 2019-11-11

Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya ta’lim va fan haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.


Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya ta’lim va fan haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur haftalik doirasida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, ko‘rgazmada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Haftalik doirasida turli mavzularda konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari o‘tkazilib, ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, kelgusida Nagoya universiteti bilan hamkorlikda magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturini yaratish ham rejalashtirilmoqda.