Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Yangi Zelandiya: 3:1
21:31 / 2014-09-08

2015-yilning 9-31-yanvar kunlari Avstraliyada futbol bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari poytaxtimizda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

“Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkazilgan o‘yinda terma jamoamiz a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etib, Odil Ahmedovning “dubl”i va Server Jeparovning goli evaziga raqibi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Terma jamoamiz a’zolari Osiyo kubogining “V” guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan bahslashadi. Futbolchilarimiz 10-yanvarda guruhdagi dastlabki uchrashuvda KXDR vakillariga qarshi maydonga tushadi. Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuv esa 14-yanvar kuni o‘tkaziladi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin 18-yanvar kuni Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘tadi.