Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida senatorlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi
23:00 / 2019-10-26

26-oktyabr kuni Shayxontohur tumanida saylov komissiyalari aʼzolari bilan saylovga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.


26-oktyabr kuni Shayxontohur tumanida saylov komissiyalari aʼzolari bilan saylovga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar mashgʻulotda tuman saylov komissiyasi oldida turgan vazifalar, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining Saylov kodeksi 22-moddasida belgilangan vakolatlarni amalga oshirish hamda tuziladigan saylov uchastkalari joylashuvi, ajratiladigan binolar va saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni har tomonlama aniq va puxta boʻlishini taʼminlash masalalari atroflicha tushuntirildi.

Islom-akademiyasida-saylov (2).jpg

Islom-akademiyasida-saylov (3).jpg

Tadbirda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati haqida alohida qayd etildi. Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati 18 yoshga toʻlgan, doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatda turuvchi, muomalaga layoqatli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (20 mln. nafardan ziyod fuqaro) haqidagi maʼlumotlarni jamlagan davlat axborot resursi hisoblanadi. U bir saylovchining ikki marta ovoz berish holatlarini oldini olish, saylov uchastkalariga tegishliligi boʻyicha saylovchilar roʻyxatining aniq kiritilganligini, koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bogʻlagan holda saylovchilar roʻyxatini shakllantirilganligi kabilarni taʼminlaydi.

Shuningdek yigʻilishda, uchastka saylov komissiyalarini tarkibini shakllantirish, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish, saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish, davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi, saylovoldi tashviqotini tashkil etish va oʻtkazish masalalari, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar bilan ishlash xususiyatlari haqida atroflicha maʼruzalar tinglandi.

Islom-akademiyasida-saylov (5).jpg

Islom-akademiyasida-saylov (4).jpg

Islom-akademiyasida-saylov (6).jpg