French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yangi bosqichda
12:54 / 2019-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Yaponiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha byurosi – METI Bosh direktori Shino Xosaka boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Yaponiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha byurosi – METI Bosh direktori Shino Xosaka boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda O‘zbekiston tomoni Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation”, “Yokogawa Corporation” va “Marubeni Corporation” kabi kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik o‘rnatilganini ta’kidladi. Qayd etildiki, mamlakatning bugungi kundagi siyosati ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali respublikaning energetika sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun ochiqdir.

O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimini modernizatsiya qilish dasturining ikkinchi bosqichida “Marubeni Corporation” kompaniyasi bilan gaz infrastruktura ob’ektlarida dispetcherlik, nazorat qilish va boshqaruv markazi (SCADA), “Yokogawa” kompaniyasi bilan esa ASUTP tizimini joriy etishning imkoniyatlari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston tomonidan “Navoiy IES” AJda qurilayotgan 4 ta bug‘-gaz qurilmasi, “Sirdaryo IES”da davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan bug‘-gaz qurilmasi qurilishi kabi loyihalarni moliyalashtirishda hamkorlik qilish taklifi bildirildi. Ushbu loyihalar elektr energetikasi sohasining salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu borada ehtiyot qismlar yetkazib berish, doimiy nazoratlar uchun texnik maslahatlar berish, shef-muhandislar tayyorlash hamda bug‘-gaz qurilmalari bo‘yicha masofaviy nazorat o‘rnatish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash mumkinki, JICA mablag‘lari hisobidan Yaponiya kompaniyalari bugungi kunda “Navoiy IES” va “To‘raqo‘rg‘on IES”da bug‘-gaz qurilmalarini qurish kabi energetika sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi o‘rtasida taklif etilayotgan loyihalarning istiqbolini o‘rganish asnosida anglashuv memorandumini imzolash ham kutilyapti. “Yokogawa Corporation” kompaniyasi bilan esa “O‘zbekneftgaz” AJ texnologik jarayonlariga avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagan.