Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Xitoy ogʻir kunlarda bir-birini qoʻllaydi
17:35 / 2020-04-17

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri Chjun Shan bilan telekonferensiya orqali suhbatlashdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri Chjun Shan bilan telekonferensiya orqali suhbatlashdi.

Muloqot davomida oʻzaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, pandemiyaning ikki mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

XXR savdo vaziri janob Chjun Shan Xitoyda “COVID-19” virusi tarqalishi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga koʻtarilgan davrda koʻrsatilgan yordam uchun Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga chuqur minnatdorlik izhor qildi.

Oʻz navbatida, Xitoy hukumati pandemiya bilan kurashish va uning asoratlarini bartaraf qilish uchun Oʻzbekistonga qoʻshimcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy gigiyena vositalari joʻnatish masalasini oʻrganib chiqishga tayyorligini bildirdi.