Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkmaniston Olimpiya qo‘mitalari hamkorlikka erishdi
12:58 / 2019-05-14

Kecha poytaxtimizdagi «Miran International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bugungi kunda yurtimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, zamonaviy Olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish yo‘lida qator mamlakatlar olimpiya qo‘mitalari, shuningdek nufuzli Xalqaro sport federatsiyalari va tashkilotlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib kelmoqda.

2.jpg

Kecha poytaxtimizdagi «Miran International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

3.jpg
Ma’lumki, Turkmaniston 2017 yili Jang san’ati va va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qildi. Ushbu mamlakat yirik kompleks sport musobaqasini o‘tkazish borasida boy tajribaga ega. Qolaversa, mamlakat poytaxti Ashxobod shahrida mazkur yirik kompleks musobaqa munosabati bilan muhtasham Olimpiya shaharchasi va xalqaro standartlarga javob beruvchi ko‘plab sport inshootlari qad roslagan.

O‘zbekiston esa 2028 yili yozgi “Osiyo bolalari” Xalqaro o‘yinlari hamda 2030 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun da’vogarlik qilmoqda. Shunday ekan, bu
4.jpg
 borada Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasining tajribasi o‘zaro hamkorlikda qo‘l kelishiga shubha yo‘q.

Memorandumni O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Turkmaniston MOQ Bosh kotibi Azat Muratov imzoladi. Memorandumga asosan, tomonlar o‘rtasida do‘stona va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ko‘plab sport turlari bo‘yicha ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish, murabbiylar malakasini oshirish, o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.


1.jpg