Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Turkiya sogʻliqni saqlash vazirlari muloqoti boʻlib oʻtdi
13:41 / 2020-10-31

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sogʻliqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Unda sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegetsiyasi ham ishtirok etmoqda.


Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sogʻliqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Unda sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegetsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Anjuman doirasida Alisher Shodmonov Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan muloqot oʻtkazdi. Oʻzbekiston va Turkiya sogʻliqni saqlash sohasida mustahkam hamkorlik oʻrnatgan. Oʻtgan yil kuzda Toshkentda Oʻzbekiston - Turkiya biznes forumi doirasida Faxruddin Qovja yurtimizda boʻlib, qator ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar imzolagan edi. Bu galgi muloqot ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi boʻldi.

Suhbat davomida Faxruddin Qovja mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, koronavirusga qarshi kurash borasidagi chora-tadbirlar haqida toʻxtalib, ushbu masalalarda mamlakatlarimiz hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Alisher Shrdmonov turk qardoshlarning mamlakatimiz tibbiyotiga kiritadigan investitsiyalari, oʻzbek va turk mutaxassislarining oʻzaro tajriba almashishlari soha rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotganini eʼtirof etdi. Pandemiya davrida qardosh davlat tomonidan mamlakatimizga berilayotgan madad uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda farmatsevtika va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga investitsiyalar jalb etish, koronavirusga qarshi kurashda malakali turk mutaxassislarini yurtimizga taklif qilish, koronavirusga qarshi turk vaksinalarning uchunchi bosqichi sinovlarida birgalikda harakat qilish, tibbiy taʼlimda oʻzaro hamkorlik, ikki mamlakat mutaxassislarining oʻzaro tajriba almashishi kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Alisher Shodmonov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sogʻliqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishi doirasida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagʻdad Amreyev, shuningdek, bir qator turk investorlari bilan muzokaralar oʻtkazdi.