Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Rossiya Olimpizm gʻoyasi targʻibotida hamkorlik qiladi
22:15 / 2019-07-09

Tokio Olimpiadasi boshlanishiga ham deyarli 1 yil vaqt qoldi. Ushbu muddat oraligʻida terma jamoa aʼzolarini musobaqaga puxta tayyorlash har bir Milliy olimpiya qoʻmitalarining oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi.


Tokio Olimpiadasi boshlanishiga ham deyarli 1 yil vaqt qoldi. Ushbu muddat oraligʻida terma jamoa aʼzolarini musobaqaga puxta tayyorlash har bir Milliy olimpiya qoʻmitalarining oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi oldida ham ana shunday masʼuliyatli vazifa turibdi. Oldinda turgan katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish uchun eng sportdagi eng ilgʻor mamlakatlar bilan hamkorlik ishlari talab etiladi. Ayni paytda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Moskva shahrida boʻlib turibdi va ushbu tashrif doirasida bugun Rossiya olimpiya qoʻmitasi rahbari Stanislav Pozdnyakov bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv mobaynida har ikki tashkilot rahbarlari keng doiradagi oʻzaro hamkorlik borasida suhbat olib borishdi. Unga koʻra, bir qator sport turlari boʻyicha qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, birgalikda sport tadbirlarini tashkil qilish, sport tibbiyoti, farmakologiya masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, Sochi va Kislovodskdagi sport bazalarida terma jamoamiz vakillarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishi, sport universitetlaridagi professor oʻqituvchilarning malaka oshirishi borasida kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida Rustam Shoabdurahmonov Rossiya olimpiya qoʻmitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Qoʻmita qoshida tashkil etilgan Innovatsion markazni borib koʻrdi. Oʻzbekiston MOQ rahbariga Moskva safari davomida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qilmoqda.

Ertaga, 10-iyul kuni hamkorlik doirasida Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan ham uchrashuv belgilangan.