Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Rossiya elektr energiya sohasida hamkorlik qiladi
15:48 / 2018-12-12

“Oʻzbekenergo” AJda Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshligʻi Aleksey Kiryakov hamda “Inter RAOEES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev bilan Jamiyat rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


“Oʻzbekenergo” AJda Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshligʻi Aleksey Kiryakov hamda “Inter RAOEES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev bilan Jamiyat rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
Unda tomonlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini hamkorlikda qurish masalalarini muhokama qilishdi.
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruv raisi U.Mustafoyev Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston elektr energetika sohasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini taʼkidlab, bu borada qilinishi lozim boʻlgan masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, oʻzaro muloqotlarda “Toshkent IES“, “Navoiy IES“, “Taxiatosh IES“ va “Angren IES“ da jami 18 ta energobloklarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda “Oʻzbekenergo” AJning “Angren IES“ va “ Yangi Angren IES“ga ishonchli va innovatsion boshqaruvga oʻtish uchun oʻzaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirish borasidagi masalalar tahlil etildi.
Oʻz navbatida, Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshligʻi Aleksey Kiryakov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bu borada Rossiya energetika vazirligi “Oʻzbekenergo” AJ bilan oʻzaro hamkorlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Oʻzbekenergo” AJ 
Matbuot xizmati