Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oziq-ovqat mahsulotlari eksporti boʻyicha manfaatli kelishuvlarga erishdi
18:57 / 2020-02-25

Avval xabar qilinganidek, Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha II hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtmoqda.


Avval xabar qilinganidek, Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha II hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu forumda mamlakatimiz oziq-ovqat sanoati salohiyati ham namoyish etilmoqda. Xususan, “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi 50 dan ziyod korxona hoʻl va qayta ishlangan meva-sabzavot, goʻsht-sut, qandolat, yogʻ-moy, salqin ichimliklar va boshqa turdagi mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etilgan. Qozogʻiston ishbilarmonlari ushbu mahsulotlarga katta qiziqish bildirmoqda. 

photo5379863386747154229.jpg

“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar vakillari forumda ishtirok etish orqali uzoq muddatli hamkorlar topish va ular bilan kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, shuningdek, eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar hajmi va turini oshirish, Qozogʻiston tomonidan ajratiladigan investitsiyalarni meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Forum doirasida bu borada dastlabki natijalarga erishildi: Qozogʻiston kompaniyalari bilan salqin ichimliklar va qandolat mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha 1 million dollardan ziyod qiymatga ega eksport shartnomalari imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda.

“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati