OʻZBЕKISTON VA AQSH: oliy taʼlimdagi hamkorlik yanada rivojlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida AQSHning Vebster universiteti vitse-prezidenti J.Shuster rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida AQSHning Vebster universiteti vitse-prezidenti J.Shuster rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokarada Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 oʻquv yilidan abituriyentlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu universitet bilan bogʻliq hamkorlikni 2017 yil 16 sentyabrda boshlagan. 2018 yilda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSHning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik taʼlim loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
2018 yil iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan imzolangan kelishuvga asosan joriy yildan Vebster universiteti Oʻzbekistonda toʻlaqonli faoliyat koʻrsatadi. 2019 yilning mart oyidan esa Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent axborot texnologiyalari universitetlarida Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.