Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzbekiston – TURKSOY” kitobining onlayn taqdimoti boʻlib oʻtdi
16:30 / 2020-09-04

TURKSOY Bosh kotibi Duseyn Kaseinov “Oʻzbekiston – TURKSOY” kitobi chop etilishi munosabati bilan tashkilotning barcha aʼzolarini qutladi.


Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, TURKSOY Bosh kotibi Duseyn Kaseinov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Bosh maslahatchisi Yalchin Toʻpchu, mamlakatimizning Anqaradagi elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Mehmet Sureyya, Oʻzbekiston – Turkiya parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi, bursalik deputat Usmon Mesten, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi madaniyat diplomatiyasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Emir Salim Yuksel ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TURKSOY Bosh kotibi Duseyn Kaseinov “Oʻzbekiston – TURKSOY” kitobi chop etilishi munosabati bilan tashkilotning barcha aʼzolarini qutladi.

Uning taʼkidlashicha, ushbu nashrda 2020-yilda Xiva shahrining Turk dunyosi madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan oʻtkazilgan anjuman va festivallar haqidagi maʼlumotlarga keng oʻrin berilgan.

Turkiy xalqlar buyuk shaxslari, xususan, ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy, oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan Abdulla Qodiriy, yangi oʻzbek adabiyoti vakili, shoir Shukrulloning turk sheʼriyati va sanʼatiga qoʻshgan ulkan hissasi haqidagi maʼlumotlar bilan boyitilgan.

Taqdimot davomida Oʻzbekistonning Anqaradagi elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev ushbu kitobdan joy olgan oʻzbek milliy urf-odatlari va anʼanalari haqidagi maqolalar ahamiyatiga alohida toʻxtaldi. Uning qayd etishicha, kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilishda Turkiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarning hissasi katta boʻlgan.

Videomuloqot davomida Erkin Vohidovning “Oʻzbegim” qasidasidan parchalar oʻqildi, turkiy davlatlar sanʼat ustalari tomonidan Xiva shahrining goʻzalligi, sanʼati, urf-odati haqidagi tarona ijro etildi.