Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
11:14 / 2019-05-06

Muzokalar yakuniga ko‘ra ikki tomon ishtirokida bayonnoma imzolandi.


29 aprel – 5 may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralarda davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, yer balansining dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi. Davlat chegarasining ayrim uchastkalaridan demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish loyihasi tayyorlandi.

Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samolyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokalar yakuniga ko‘ra ikki tomon ishtirokida bayonnoma imzolandi.