Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston-Turkiya ishbilarmonlari Samarqandda uchrashdi
19:12 / 2018-11-30

Samarqandda mahalliy tadbirkorlar va Turkiya tijorat vazirligi qoshidagi Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasining qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Samarqandda mahalliy tadbirkorlar va Turkiya tijorat vazirligi qoshidagi Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasining qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Samarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, turizm faoliyati bilan shugʻullanuvchi firma va kompaniyalar hamda Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz mintaqasidagi 15 dan ortiq korxonalar faoliyati haqida maʼlumot berildi.

– Uyushmamiz Turkiyaning eng yirik birlashmalaridan biri hisoblanadi va unga ishlab chiqarishning turli yoʻnalishlarida faoliyat olib boradigan tadbirkorlar aʼzo boʻlgan, – deydi Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi raisi Ahmed Hamdi Gyundogan. – Ular dunyoning 110 dan ortiq davlatiga oʻz mahsulotlarini eksport qiladi. Sharqiy Qora dengiz mintaqasi geografik jihatdan Oʻzbekistonga eng yaqin hudud boʻlsa-da, qurilish va bunyodkorlik sohalarida hamkorligimiz qoniqarli emas. Shu bois, ushbu mintaqadagi eng yirik ishlab chiqaruvchilarni bu yerga olib kelib, hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatingizga turk ishbilarmonlari investitsiyasini koʻproq kiritishni rejalashtirganmiz.

Darvoqe, mazkur uyushma Buyuk ipak yoʻli dasturi doirasida har yili turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlari yigʻilishini oʻtkazadi. Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, 2019-yilda boʻladigan 4-yigʻilishga oʻzbekistonlik tadbirkorlarni ham taklif etish koʻzda tutilgan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 55 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Oʻzaro tovar aylanmasi joriy yil birinchi yarmida 74 million AQSH dollaridan oshdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori koʻrsatkich.

Uchrashuvda hamkorlikni yangi bosqichda, yanada keng koʻlamda davom ettirish, ishga solinmagan imkoniyatlardan toʻla foydalanish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.