O’zbekiston terma jamoasi Osiyo o’yinlarida dastlabki medallarni qo’lga kiritdi
XVII Osiyo o’yinlarining birinchi kuni mamlakatimiz terma jamoasi hisobiga dastlabki medallarni olib keldi.
Incheon. 20 sentyabr. O’zA maxsus muxbiri Mehribon Mametova xabar qiladi.XVII Osiyo o’yinlarining birinchi kuni mamlakatimiz terma jamoasi hisobiga dastlabki medallarni olib keldi.
Og’ir atletikachi Mahliyo Tog’aeva 48 kilogrammgacha bo’lgan vazn toifasida bronza medalni qo’lga kiritdi. U 187 kilogramm umumiy natija ko’rsatdi.
Dzyudochilar o’rtasidagi bellashuvlarda taniqli sportchimiz Mirzohid Farmonov (66 kg) ham bronza medalning sohibi bo’ldi.