Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston temir yo‘llari muammoning uyasi bo‘lib qolmayaptimi?
14:28 / 2019-10-17

Anvar Do‘stmuhammedov: – Xizmat safari bilan Curxondaryo viloyatiga bordim. Safarim biroz cho‘zilgani uchun, shaharga qaytishda biletni plastik kartaga oldim.


Anvar Do‘stmuhammedov: – Xizmat safari bilan Curxondaryo viloyatiga bordim. Safarim biroz cho‘zilgani uchun, shaharga qaytishda biletni plastik kartaga oldim.

Ammo rejalar o‘zgarib, Toshkentga ikki kundan keyin qaytishimga to‘g‘ri keldi. Vokzalga borib, chiptamni o‘zgartirmoqchi bo‘lsam, plastik kartaga olganim uchun yigirma bir kun ichida pulingizni tushirib beramiz deyishdi. Yonimda ortiqcha pul yo‘q edi. “Jarima puli”ni naqd teng yarmini chipta pulidan “qayirib” qolib, qolgan yarimini plastik kartamga tashlab berishlarini aytdi. Qancha harakat qilmay, baribir yana chipta olishimga to‘g‘ri keldi.

Plastik kartaga pulni qayta tushirish uchun yigirma bir kun vaqt ketadimi?! Texnologiyalar rivojlangan asrda bunga o‘n daqiqa ham ko‘plik qiladi aslida.

Bu O‘zbekiston Temir yo‘llaridagi yagona muammo emas. Bu muammolarning bir parchasi. Bunday noqulaylik bizga birinchidan o‘z pulimizga egalik hissini yo‘qotmaydimi? Axir har doim yonimizda qo‘shimcha pul bo‘lavermaydi-ku?!

Masalan, ta’tilga qaytgan talabalar shunday vaziyatda nima qila oladi?! Stipendiyasiga chipta sotib olsa-yu ammo o‘qishidan biror vaziyat chiqib qolsa, qishloqdagi ota-onasini bezovta qilishga to‘g‘ri keladimi?

O‘sha plastik kartadagi pul o‘zimizni aslida. Bu uchun albatta o‘sha o‘n kunni kutishimiz shart emas. Mana sizga javobi aniq bo‘lgan savollar ortidagi birgina muammo!

BIZNES KLASSNING NARXI QANChA?

Yoz kunlari Andijonga to‘yga bordim. Vagonga kirishim bilan nafasim qaytdi. Hali vaqt borligi uchun yuklarimni ichkariga qo‘ydim-da, tashqarida turdim. Vagon xizmatchisidan: 
– Boshqa toza joy yo‘qmi? Nega konditsioner ishlamayaptimi? – deya so‘radim.
– Yo‘q ishlamayapti, xohlasangiz, sizni “biznes klass”ga o‘tkazib qo‘yaman.
Xarajatini ko‘tarsangiz bo‘ldi, – dedi.

– Xarajati qancha bo‘ladi.
– 30 ming. 
O‘ylaymanki, bunday holat faqat men bilan yuz bermagan. 
Bitta chipta olish uchun ikki soatdan ortiq vaqtim ketgan edi. Elektron navbat ham jo‘yali ishlamagandi. Bunday vaziyatda xorijlik sayyohlarning ham u kassadan, bu kassaga yugurib yurganlariga ham guvoh bo‘ldim.

Bu esa O‘zbekiston turizmiga baho berish uchun mehmonlarimizning dastlabki fikri bo‘lishi achinarli emasmi? 
Agar chiptangizni qaytib bermoqchi bo‘lsangiz, yigirma to‘rt soat ichida (poezd jo‘nash vaqtiga) o‘tib ketsa bormi, chipta pulining yarmidan kamrog‘i ham qo‘lingizga tegsa, xursand bo‘ling.

Naqd pulga chipta olmaganimiz uchun jazo sifatida Temir yo‘l kassasidagi xodimaning yuzingizga tabassum bilan boqib, “Pulingizni o‘n kun ichida plastik kartangizga tashlab beramiz“, degan javobini olasiz.

O‘zbekiston Temir yo‘llarining rasmiy veb-saytida onlayn qabulxonaga yuborgan murojaatingiz ham “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ko‘rsatilganidek ariza va shikoyatlar o‘n besh kun ichida emas, undan ham ko‘p vaqt saytda ko‘rinmas “qalpoq”dek arxivda yotadi.

Bu muammolar necha zamondan beri bor, aytiladi-aytiladi, ammo yechilmaydi, deb o‘ylarsiz. Shoshmang, buyuk islohotlar har doim kichik tuzatishlardan boshlangan. O‘zbekiston Temir yo‘llari xususida aytilmagan yoki ayta olinmagan muammolar hali ko‘pligini ta’kidlamay ilojimiz yo‘q.

Asosiysi ular muammoligicha qolmasa edi. Axir iste’molchilar huquqini himoya qilish barchamizning zimmamizdagi katta mas’uliyat. Xalqning pulini nohaq ishlatishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ayjamal JOLDASBAEVA,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi