Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston tarixida ilk bora “Yevro-4” va “Yevro-5” sifatli dizel yonilgʻisi ishlab chiqarildi
15:12 / 2020-03-31

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning 6-fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish boʻyicha vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning 6-fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish boʻyicha vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yigʻilishda ishtirok etgan “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining yangi rahbari, boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev oldiga neft-gaz sohasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimini rivojlantirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yuqori sifatli ekologik toza boʻlgan dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish ishlari jadallik bilan olib borildi.

Zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilgʻisi) sifati Yevro-2 standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirildi.

Fransiyaning “Axens” kompaniyasi mutaxassislari karantin sababli gazoylni gidrotozalash qurilmasi katalizatorini almashtirishda ishtirok eta olishmadi. Zavod va kompaniya mutaxassislari onlayn aloqada boʻlishdi hamda “Axens” kompaniyasining sxemasiga binoan jamiyat mutaxassislarining oʻz kuchi bilan reaktorga yangi katalitik tizim oʻrnatildi.

Natijada 2020-yilning 30-mart kuni Oʻzbekiston tarixida ilk bora “Yevro-4” va “Yevro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilgʻisining ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

Laboratoriya tahlillariga koʻra, olingan dizel yonilgʻisida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm boʻlib, bu koʻrsatgich Yevro-5 sinfiga mos dizel yonilgʻisiga toʻgʻri keladi (10 ppm dan koʻp emas). Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha Yevro-5 standartidagi dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, “Yevro-4” va “Yevro-5” yoqilgʻisi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar mikdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega.