Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston superkubogi-2019: Abduxoliqov hisobni ochdi
16:53 / 2019-02-23

Onlayn. Poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtayotgan superkubok uchrashuvining birinchi boʻlimi yakunlandi


Onlayn. Poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtayotgan superkubok uchrashuvining birinchi boʻlimi yakunlandi.

Kutilganidek oʻyin nominal mezbon “Lokomotiv”ning keskin hujumlari bilan boshlandi. 7-daqiqada temiryoʻlchilar hujumchisi Temurxoʻja Abduxoliqov raqib darvozasini ishgʻol etgandi, ammo bu vaziyatda hujumchi oʻyindan tashqari holatda qolgani bois gol inobatga olinmadi.

ALM_8936-2208x1472.JPG

Biroq Temurxoʻja baribir oʻz maqsadiga erishdi. 12-daqiqada Zoteyevning chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelishi gol bilan yakunlandi. Olegning pasidan keyin Abduxoliqov osonlik bilan darvozani ishgʻol qildi - 1:0.

Shundan keyin ham tashabbus “Loko” tomonida boʻldi va ular raqibni bosim ostida ushlab turdi. Birgina Temurxoʻjaning oʻzida hisobni oshirish uchun yetarlicha imkoniyatlar boʻldi, ammo unga aniqlik yetishmadi.

Maydon markazida ustunlik raqibga berib qoʻyilgani bois Mirjalol Qosimov birinchi boʻlimdayoq oʻzgarish qildi: Mirolyub Kostich oʻz oʻrnini yurtdoshi Marko Zochevichga boʻshatib berdi.

Jamoalar tanaffusga 1-0 hisobida chiqib ketdi.

ALM_8925-2208x1472.JPG

ALM_8933-2208x1472.JPG

ALM_8937-2208x1472.JPG
Saytimizni kuzatib boring