Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sportchilarida yana ikki kumush medal
20:41 / 2014-09-24

Sport gimnastikachilarimiz terma jamoamiz hisobiga yana ikkita kumush medal keltirdi.

Incheon. O‘zA maxsus muxbiri Mehribon Mametova xabar qiladi.

Sport gimnastikachilarimiz terma jamoamiz hisobiga yana ikkita kumush medal keltirdi.

O‘zbekistonlik mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zining yuksak mahoratini namoyish etib, tayanib sakrash mashqlari bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

3c (6).jpg

Yana bir hamyurtimiz Abdulla Azimov alohida predmetlarda mashq bajarishda yuqori natija ko‘rsatib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 

Shunday qilib, bugungi kun natijalari bo‘yicha terma jamoamiz hisobida uch kumush va yetti bronza medali bor.