Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni savdo aylanmasi koʻrsatkichlari qoniqarli emas
Toshkentda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni biznes forumida Taif Savdo sanoat palatasi masʼul vakili Abdulazim Turkistoniy ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro savdo ayirboshlash hajmini tanqidiy baholadi.

– Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmi qoniqarli emas, – dedi Abdulazim Turkistoniy. – Statistik tahlilga koʻra, oʻtgan 20 yil ichida savdo aloqalarining hajmi 2,5 baravarga oʻsgan xolos. Vaholanki Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni ham oʻz mintaqasida iqtisodiy salohiyati yuqori boʻlgan yetakchi mamlakatlardir.
Maʼlumot oʻrnida, 2018 yilning oʻtgan 9 oyida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tovar aylanmasi 42 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Ayni vaqtda biznes forumda Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari Shavkat Toʻlaganov oʻz taqdimoti orqali Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillarini vohaning investitsiyaviy, turizm va eksport salohiyati, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari bilan tanishtirmoqda.