French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston sanoatida klaster uslubini qoʻllash tajribasi va istiqbollari
16:24 / 2018-10-18

ONLAYN. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumi barcha sohalar boʻyicha yangicha yondashuvlarni boshlab bermoqda...


Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumi barcha sohalar boʻyicha yangicha yondashuvlarni boshlab bermoqda...

Fargʻona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Akmal Ortiqov:

– Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumi barcha sohalar boʻyicha yangicha yondashuvlarni boshlab bermoqda. Bunda ikki davlatlar iqtisodiyoti rivojida muhim boʻlgan klaster uslubini qoʻllash tajribasi va istiqbollari atroflicha tahlil qilingani ishtirokchilarning bundan keyingi biznes rejalari amaliyotida alohida ahamiyat kasb etadi. "Oʻzbekiston sanoatida klaster uslubini qoʻllash tajribasi va istiqbollari” boʻyicha qilgan maʼruzamizda aynan yurtimizda bu borada erishilgan yutuqlarga urgʻu berdik. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda klaster usulini joriy etish davr talabiga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda yurtimizda meva-sabzavotchilik, paxta-toʻqimachilik, farmatsevtika, turistik yoʻnalishlar boʻyicha klasterlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, paxta-toʻqimachilik boʻyicha mamlakatimizning 70 tumanida 61 klaster, meva-sabzavotchilik boʻyicha 45 tumanda 45 ta klaster faoliyati sohalar ravnaqi yoʻlidagi yangi yondashuvlar boʻlib, bu bizning Rossiya davlati bilan maqsadlarimizni yanada birlashtirishda asosiy omillardandir.