Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻZBEKISTON – ROSSIYA: xavfsizlik sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
21:17 / 2019-10-31

Toshkentda 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi apparatlari oʻrtasida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuv boʻlib oʻtdi.

 
Toshkentda 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi apparatlari oʻrtasida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Kotibi Nikolay Patrushev raisligida oʻtdi.

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi bosqichi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ruhida barqaror rivojlanmoqda. Ikki tomonlama yaqin aloqalar barcha yoʻnalishlarda kengayib, mintaqalararo muloqot samarali mustahkamlanmoqda.

Oʻzbekiston – Rossiya maslahatlashuvlari mexanizmi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni izchil, jadal rivojlantirishdek umumiy maqsadga xizmat qilishi, ikki mamlakat xalqlari manfaatiga toʻliq javob berishi qayd etildi. Tinchlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgani taʼkidlandi.

Ushbu muloqotlar mintaqaviy xavfsizlikni, Markaziy Osiyoda, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatni inobatga olgan holda, barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Tadbirda, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, kelajakda ushbu yoʻnalishda hamkorlikka oid hukumatlararo bitim imzolashga kelishish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar xavfsizlik sohasidagi keng koʻlamli Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligini yanada chuqurlashtirish, shu jumladan, kelajakda shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash va birgalikdagi amaliy harakatlarning ikki tomonlama ishchi mexanizmini takomillashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Maslahatlashuv yakuni boʻyicha tegishli protokol va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi apparati oʻrtasida 2020-2021 yillarga moʻljallangan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hamkorlik rejasi imzolandi.