Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumining yalpi yigʻilishi yakunlandi
15:16 / 2018-10-18

ONLAYN: Yigʻilish davomida Oʻzbekiston va Rossiya oliy taʼlim sohasi mutasaddilari, rektorlar dolzarb vazifa va masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashishdi. 


Yigʻilish davomida Oʻzbekiston va Rossiya oliy taʼlim sohasi mutasaddilari, rektorlar dolzarb vazifa va masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashishdi. 

photo5350744388948568470.jpg

Toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotlarda qoʻshma dasturlar asosida talabalarni oʻqitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, oʻquv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi. 

Rossiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha shartnomalar imzolandi.

Forum seksiyalarga boʻlingan holda davom etadi. Tadbir tafsilotlarini kuzatishda davom eting.