Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston – Rossiya iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, mavjud muhitni yanada sogʻlomlashtirishga alohida eʼtibor qaratmoqda
17:25 / 2019-11-10

Oʻzbekiston va Rossiya hamkorligida erishilgan hozirgi kundagi natijalar tarixiy ahamiyatga ega


Bu boradagi fikrlar Samarqandda oʻtayotgan “Valday” xalqaro munozara klubining navbatdagi konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining Oʻzbekiston yangi tarixi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori Mirzohid RAHIMOV tomonidan bildirildi.

Мирзохид Рахимов.jpg

Shuningdek, markaz direktori jurnalistlarga bergan intervyusida quyidagilarni maʼlum qildi:

– Bugun Samarqandda oʻtayotgan “Valday” xalqaro munozara klubining navbatdagi konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligining joriy holati, xususan, siyosiy-diplomatik munosabatlar, iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalaridagi sheriklik, madaniy-gumanitar va ikki mamlakat aloqalarida xavfsizlik masalalari, ularni yangi yoʻnalishlar hisobiga kengaytirish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Oʻzbekiston va Rossiya hamkorligida erishilgan hozirgi kundagi natijalar tarixiy ahamiyatga ega. Mamlakatlarimizda iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, bu borada mavjud muhitni yanada sogʻlomlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ilk bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Rossiya hududlararo forumi bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda ushbu hamkorlik mexanizmi imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida II hududlararo hamkorlik tadbiriga keng hozirlik koʻrilmoqda.

Qayd etish joiz, taʼlim sohasida oʻzaro faol muloqotni rivojlantirish ikki mamlakat hamkorligida istiqbolli yoʻnalish sifatida qaraladi. Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida tashkil etilgan forum doirasida 150 dan ortiq kelishuvga erishilgani fikrimizga misol boʻla oladi.

Ushbu kelishuvlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti ham rossiyalik hamkasblar bilan qoʻshma loyihalarni ishga tushirgan. Oʻtgan yili Markaziy Osiyoga bagʻishlangan ilk kitob nashr etilgani birgalikdagi saʼy-harakatlar natijasi boʻldi.

Bugungi konferensiya esa oʻzaro munosabatlarda yangi ufqlar ochishiga ishonamiz.