Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzbekiston–Rossiya” gidroenergetika sohasida yangi istiqbolli loyihalar
11:16 / 2018-10-19

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda ushbu davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda Rossiyaning “Rusgidro” AJlar oʻrtasida hamkorlik loyihalarini yanada mustahkamlash doirasida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda ushbu davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda Rossiyaning “Rusgidro” AJlar oʻrtasida hamkorlik loyihalarini yanada mustahkamlash doirasida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Rossiyaning “Rusgidro” AJ, “Lengidroproyekt” AJ “Oʻzbekgidroenergo” AJ yangi GESlarni qurish hamda mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasida yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. 

Oʻzbekiston—Rossiya hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, oʻzaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, gidroenergetika sohasida oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik loyihalarni yanada mustahkamlash borasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov “Rusgidro” AJ Bosh direktorining ilmiy ishlab chiqarish va loyihalashtirish boʻyicha oʻrinbosari Frolov Krill Yevgenyevich hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish boʻyicha direktori Machexin Sergey Vladimirovich bilan mamlakatimizda gidroenergetika sohasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikr almashdilar. 

Bugungi kunda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari xususan, yangi GESlarni qurishda ikki mamlakatning oʻzaro hamkorligi hamda sohada mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlab oʻtildi. Xususan, bugungi kungacha jamiyat tomonidan “Rusgidro” AJga 30 dan ortiq mutaxassilar malaka oshirib qaytganligini aytish mumkin. 

Gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar koʻpaytirish va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan kelishib olindi. 

Yuqori darajada oʻtgan muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi. Gidroenergetika sohasining bugungi holati va istiqboliga oid masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif va samimiy oʻtgan muloqot uchun “Rusgidro” aksiyadorlik jamiyati raisi oʻrinbosari Frolov Kirill Yevgenyevich hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish boʻyicha direktori Machexin Sergey Vladimirovich oʻz minnatdorchiligini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik uchun tayyor ekanligini bildirdi.