Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bayonoti
16:30 / 2020-08-10

Oʻzbekiston afgʻonlararo inklyuziv muzokaralar olib borish yoʻlidagi soʻnggi toʻsiqni olishga xizmat qilgan 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish toʻgʻrisidagi Afgʻonistonning Maslahat loya jirgʻasi qarorini olqishlaydi.

Oʻzbekiston tomoni Doxada Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” harakati oʻrtasida muzokara jarayoni boshlanishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va afgʻon zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yoʻlida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam koʻrsatishda davom etadi va afgʻon xalqiga tinch kelajak, farovon davlat qurishda har tomonlama koʻmaklashishga qatʼiyan tayyor ekanligini maʼlum qiladi.